Kirish Ro'yxatdan o'tish

UYEFA Latviya terma jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozdi

UYEFA Latviya terma jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionati-2027 saralashi doirasida Belarus bilan o‘ynashdan bosh tortgani uchun Latviya terma jamoasiga texnik mag‘lubiyat (0:3) yozdi.

Ushbu uchrashuv 15 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.

«O‘yin Latviya futbol federasiyasining qaroriga ko‘ra o‘tkazilmagan deb hisoblansin (shu sababli jamoaga 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat yoziladi). Chunki uchrashuvning bekor qilinishi uchun aynan ushbu tashkilot javobgardir», — deyiladi UYEFA chiqargan rasmiy bayonotda.

Ma’lumot uchun, B3 guruhida 1-turdan so‘ng Belarus va Slovakiya terma jamoalari 3 tadan ochko bilan mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turibdi. San-Marino va Latviya hisobida esa hozircha ochko mavjud emas.

Kiritildi: 17:53, 15.05.2026.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик