Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Asror Aliqulov: «Uchta gol o‘tkazib yubordik va bu himoyani maqtaydigan holat emas»

Asror Aliqulov: «Uchta gol o‘tkazib yubordik va bu himoyani maqtaydigan holat emas»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Sho‘rtan” – “Andijon” (1:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Asror Aliqulov savollarga javob qaytardi.

- O‘zbekiston Kubogi doirasidagi “Andijon”ga qarshi o‘yinda bir qancha futbolchilarga dam berib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan futbolchilarni maydonga tushirdik. Ammo, baribir maqsadimiz kurash taklif qilish, yaxshi futbol namoyish qilish va faqat g‘alaba edi. Birinchi bo‘limda biroz ustunlikni berib qo‘ydik. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Hujumga hujum bilan javoblar qaytardik, yaxshi vaziyatlar yaratdik. Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak ham ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman.

- Himoya to‘rtligining harakatlariga qanday izoh berasiz?

- Standart holatda kiritilgan gollar...Birinchi golda to‘p autga chiqib ketdi, bizga uzoqroqdan chiqib ketgandek ko‘rindi. Futbolchi yaqinroq joydan to‘pni o‘yinga kiritdi va futbolchilarimiz bu holatga tayyor emasdilar. Menga tushunarsizroqdek ko‘rindi. Ikkinchi gol standart vaziyatdan keyin kiritildi. Darvozabonimiz ishonchsizroq harakat qildi. O‘yin amaliyoti kamroq, Superliga jamoasiga qarshi o‘yinda hayajon demaymanu, ozroq mahorat yetishmadi. Umumiy olganda, uchta to‘p o‘tkazib yubordik va bu himoyani maqtaydigan holat emas.

- Bugungi tarkibni sharoitdan kelib chiqib tushirishga majbur bo‘ldingizmi yoki tanlovingiz shundaymidi?

- Ayrim futbolchilarda kichik jarohatlar bor. Qaysidir tomonlama o‘zimiz tanladik. Boshqa o‘yinchilarga ham imkoniyat berishga harakat qildik. Har bir olingan futbolchi “Sho‘rtan” libosini kiydimi, buni his qilishi kerak-da. Oldimizga qo‘yilgan maqsad bor va shunga mos o‘yin ko‘rsatish kerak. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar qildik va bu o‘yinimizni ancha yaxshi tomonga o‘zgartirdi.

- “Sho‘rtan” Kubok o‘yinlari orqali sinalmagan futbolchilarni sinab olishga harakat qiladimi?

- Shunaqa desak ham bo‘ladi. Chunki pro ligada baribir bahslar og‘ir kechyapti. Futbolchilarni boshqa joyda sinash bizga juda qiyin. Bizdan talab qilinayotgan narsa – bu har bir o‘yinda g‘alaba! Shuning uchun Kubok o‘yinlarida rotasiyalarga qo‘l uryapmiz. Ammo har bir o‘yin oddiy emas, kurashishga va g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Ikkinchi taym boshida hisob 1:1 bo‘lganidan so‘ng vaziyat boshqa tomonga o‘zgarib ketishi ham mumkin edi. Ammo yakunda 1:3 bo‘ldi. 1:1 dan keyin vaziyatni qo‘lga olishga nima halaqit berdi? Futbolchilarni jismoniy holati pand berdimi yoki “Andijon” juda tajribali ko‘rindimi?

- “Andijon” tajribaliroq. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, bir qanotdan ikkinchisiga to‘pni tez o‘tkazishadi. Qanotlarda Turg‘unboyev, Ashortia...Ular ham o‘rtaga kirishadi, uzoqdan zarbalar berishadi. Bir qator o‘yinlarini ko‘rdik, uzoq masofalardan gollar urishdi. Biz ham shunga yarasha tayyorlandik. Ayrim futbolchilarimiz Superliga tempiga sekinlik qildi, deyish mumkin. Uchinchi golda zarba berishga imkoniyat berdik. 1:1 bo‘lib turganida jamoamiz a’zosi – Qodirov juda qulay vaziyatdan yaxshi zarba bera olmadi. O‘zingiz aytganingizdek o‘yin o‘zgarib ketishi ham mumkin edi.

- Guruhda “Andijon”ni ustun ko‘rasizmi yoki “Nasaf”nimi?

- Tarkib tomonlama “Andijon”da ustunlik. “Nasaf”ni kuchli tomoni jamoaviy o‘yin. “Nasaf” lider jamoalarga qarshi juda yaxshi o‘ynay oladi. Kubok bahsi ham qiziqarli o‘tadi. Tarkib tomonlama “Andijon”da xatto ayrim holatlarda terma jamoa futbolchilari ham zaxirada o‘tiradi", - dedi Aliqulov.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:51, 15.05.2026.
O'qildi: 126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик