Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn Mixael Ballakning «Bavariya»dagi 20 yillik rekordini yangiladi

Keyn Mixael Ballakning «Bavariya»dagi 20 yillik rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Bundesliganing so‘nggi turi doirasida «Kyoln»ga qarshi kechgan uchrashuvda (5:1) xet-trik qayd etdi. Uchrashuvning 69-daqiqasida ingliz futbolchisi uzoq masofadan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, bahsdagi o‘zining uchinchi golini urdi.

Squawka nashrining xabar berishicha, bu Keynning yakuniga yetgan Bundesliga mavsumida jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi orqali kiritgan oltinchi goli bo‘ldi — bu ma’lumotlar yig‘ila boshlagandan beri qayd etilgan yangi klub rekordidir. 32 yoshli forvard ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mashhur Mixael Ballakdan o‘zib ketdi. Ballak 2005/06 yilgi mavsumda Germaniya chempionatida xuddi shunday usulda besh bor ajralib turgan edi.

Xarri Keyn 36 ta gol bilan Bundesliga-2025/26 mavsumining to‘purarlar poygasida ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 10:46, 17.05.2026.
O'qildi: 463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик