Kirish Ro'yxatdan o'tish

«U muvaffaqiyatning muhim bo‘lagi»: Kerrik «MYU»ning transfer maqsadi haqida gapirdi

«U muvaffaqiyatning muhim bo‘lagi»: Kerrik «MYU»ning transfer maqsadi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Anderson haqida o‘z fikrini bildirdi. 23 yoshli futbolchi «qizil iblislar»ning transfer nishonlaridan biri hisoblanadi.

«O‘rmonchilar»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida mankunianliklar ustozi xavbek borasidagi savolga javob qaytardi.

«U juda yaxshi harakat qilmoqda. «Nottingem Forest» juda xavfli va iqtidorli jamoaga ega, Anderson esa unda muhim rol o‘ynaydi, u ko‘p narsaga qodir. Ular ajoyib mavsumni o‘tkazishdi va Yevropa Ligasi finaliga chiqishiga bir bahya qoldi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu futbolchi muvaffaqiyatning muhim bo‘lagidir», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi UtdDistrict nashri.

Elliot Andersonning Transfermarkt portalidagi bahosi 60 million yevroni tashkil etadi. Avvalroq, ingliz futbolchisi uchun kurashda «Manchester Siti» asosiy favorit sifatida tilga olinayotgan edi.

Kiritildi: 12:23, 17.05.2026.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик