Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. Muddatidan oldin chempion bo‘lgan «Inter» o‘z uyida «Verona» bilan durang o‘ynadi

A Seriya. Muddatidan oldin chempion bo‘lgan «Inter» o‘z uyida «Verona» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 2025/2026 yilgi mavsumi 37-turidan o‘rin olgan Milanning «Inter» va «Verona» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O‘yin Milandagi «Djuzeppe Meassa» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni bosh hakam Andrea Kalsavara boshqarib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yindagi dastlabki gol Andrias Edmundsson tomonidan urildi — mehmonlar himoyachisi ikkinchi bo‘lim boshida, 47-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Uchrashuv so‘ngida, 90+1-daqiqada esa «Verona» hujumchisi Kiron Boui hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

«Verona» 37 ta o‘yindan so‘ng Seriya A turnir jadvalida pastdan ikkinchi — 19-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 21 ochko mavjud. Muddatidan oldin chempionlikni naqd qilgan «Inter» esa 86 ochko bilan birinchi o‘rindan joy olgan.

Italiya — A Seriya. 37-tur

17 may 2026 yil, yakshanba. 18:00 (Toshkent vaqti)

«Inter» (Milan) — «Verona» (Verona) — 1:1

Gollar: 1:0 – 47' Edmundsson (avtogol), 1:1 – 90+1' Boui

Kiritildi: 20:04, 17.05.2026.
O'qildi: 576 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик