Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" yiliga 12 million yevro oladigan darvozabonidan qutulmoqchi

"Bavariya" yiliga 12 million yevro oladigan darvozabonidan qutulmoqchi

Baho:
+ | -

"Bavariya"ning 29 yoshli darvozaboni Aleksandr Nyubel katta ehtimol bilan yozgi transfer oynasida jamoani tark etadi. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda. Germaniyalik posbon joriy mavsumni "Shtutgart" safida o‘tkazmoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, muvaffaqiyatli mavsumga qaramay, Nyubel ijaradan qaytganidan keyin "Bavariya"da qolmaydi. Myunxen grandi darvozabonni sotib yubormoqchi yoki sotib olish huquqi bilan yana ijaraga berish niyatida.

Nyubelning "Bavariya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Agar manbaga ishonadigan bo‘lsak, uning klubdagi yillik ish haqi taxminan 11-12 million yevroni tashkil etadi. Transfermarkt portali mutaxassislari Nyubelning transfer bahosini 12 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 21:24, 17.05.2026.
O'qildi: 1982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик