Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bernal Levandovskining «Barselona» akademiyasi vakillariga ko‘rsatgan yordamini aytdi

Bernal Levandovskining «Barselona» akademiyasi vakillariga ko‘rsatgan yordamini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal klubdagi so‘nggi uy uchrashuvini o‘tkazgan Robert Levandovski haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 37 yoshli hujumchi La Liga doirasida «Betis»ga qarshi kechgan yakshanba kungi bahsdan (3:1) so‘ng «Kamp Nou» muxlislari bilan xayrlashdi.

«Barselona» Levandovski uchun ikkinchi uyga aylandi — biz bundan faxrlansak arziydi. Akademiyaning yosh futbolchilari uchun birinchi jamoaga kirishib ketish doim qiyin bo‘lgan, ammo Robert o‘z maslahatlari bilan yordam berib, vazifamizni osonlashtirdi. U bizga ko‘p narsani o‘rgatdi va haqiqiy afsona sifatida ketmoqda. Biz undan minnatdormiz», — deya Bernalning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal nashri.

Levandovski to‘rt yil davomida «Barselona» sharafini himoya qildi. Mavsum yakunida u erkin agentga aylanadi.

Kiritildi: 10:36, 18.05.2026.
O'qildi: 418 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик