«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning keyingi mavsumdagi istiqbollari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Transfer bozorida nima sodir bo‘lishidan qat’i nazar, ishonchim komilki, keyingi mavsumda ham bizda ajoyib tarkib bo‘ladi», — deya Flikning so‘zlarini keltirmoqda taniqli jurnalist Fabrisio Romano.
«Barselona» muddatidan oldin 2025/26 yilgi mavsum uchun Ispaniya chempioniga aylandi. O‘tkazilgan 37 ta turdan so‘ng kataloniyaliklar 94 ochko jamg‘arishdi va ikkinchi o‘rinda borayotgan Madridning «Real» klubini 11 ochkoga ortda qoldirishmoqda.
So‘nggi turda Flik shogirdlari safarda «Valensiya»ga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuv 23 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













