Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik Saudiyadan bo‘layotgan takliflar fonida Rafinyaning kelajagi haqida fikr bildirdi

Flik Saudiyadan bo‘layotgan takliflar fonida Rafinyaning kelajagi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jurnalistlarning vinger Rafinya Diasning kelajagi haqidagi savoliga javob berdi. Braziliyalik futbolchining yozgi transfer oynasi ochilishidan oldin Kataloniya klubini tark etishi kutilayotgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni chempionati vakillari «Barselona» va futbolchining o‘ziga o‘ta foydali shartlar taklif qilishga tayyor.

«Rafinya biz uchun juda muhim, u aql bovar qilmas darajadagi o‘yin namoyish etmoqda. U uzoq vaqtdan beri shu yerda va menimcha, u jamoada qoladi. Rafinya — jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri», — dedi Flik «Betis» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:1) keyingi matbuot anjumanida.

Rafinya La Liganing 37-turidan o‘rin olgan yakshanba kungi bahsda dubl qayd etib, uchrashuv qahramoniga aylandi. 29 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:40, 18.05.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик