Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kerrik: "Jamoa va butun klub oldinga jiddiy qadam tashladi"

Kerrik: "Jamoa va butun klub oldinga jiddiy qadam tashladi"

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoaning «Old Trafford»dagi mavsumni qanday yakunlaganidan mamnun bo‘ldi. Mavsumning o‘z maydonidagi so‘nggi uchrashuvi — APLning 37-turi doirasida «Nottingem Forest»ga qarshi kechgan bahs 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan tugadi.

«Bu yaxshi kun bo‘ldi. Mavsumni yuqori kayfiyatda yakunlash qanchalik muhim ekanini juda yaxshi tushunib turgandik. Jamoa, jamoaviy muhit va butun klub oldinga tomon jiddiy qadam tashladi. Ko‘plab sabablarga ko‘ra mavsumni aynan shunday tugatish ahamiyatli edi», — deya Kerrikning o‘yindan so‘ng Sky Sports telekanaliga bergan intervyusidan iqtibos keltirmoqda OAV.

«Yunayted» ustozi Brunu Fernandeshning golli uzatmasini alohida e’tirof etdi — ushbu assist evaziga portugaliyalik futbolchi chempionat rekordini takrorladi.

«Bu barcha uchun juda yoqimli vaziyat bo‘ldi. Uni munosib taqdirlash kerak, chunki bunday ishlarni amalga oshirish oson emas. U doimo, birinchi navbatda, jamoa haqida o‘ylaydi. Dahshatli yutuq».

«Manchester Yunayted» 68 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 3-o‘rinni naqd qilib bo‘ldi. So‘nggi turda jamoa «Brayton»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:41, 18.05.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик