Kirish Ro'yxatdan o'tish

Modrich JCH-2026ga boradi

Modrich JCH-2026ga boradi

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun o‘z qaydnomasini e’lon qildi. Ro‘yxat 26 ta asosiy futbolchi va yettita zaxira o‘yinchisidan iborat.

E’tiborli jihati shundaki, «shaxmatchilar»ning qaydnomasidan «Milan» klubining 40 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich ham joy olgan. U bunga qadar 2006, 2014, 2018 va 2022 yillardagi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. 2018 yilda xorvatlar finalgacha yetib borib, «Lujniki» stadionida Fransiyaga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

Xorvatiya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasidan, shuningdek, Yoshko Gvardiol, Ivan Perishich, Mateo Kovachich va Yosip Stanishich kabi futbolchilar ham o‘rin olgan.

Mundialning guruh bosqichida Xorvatiya terma jamoasi Angliya, Panama va Gana terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:46, 18.05.2026.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик