Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kone shartnomasida tovon puli to‘g‘risidagi band mavjudligini tasdiqladi

Kone shartnomasida tovon puli to‘g‘risidagi band mavjudligini tasdiqladi

Baho:
+ | -

«Sassuolo» yarim himoyachisi Ismael Kone shartnomasida 35 million yevrolik tovon puli haqidagi band mavjudligini tasdiqladi. Futbolchiga Milanning bir yo‘la ikki klubi — «Inter» va «Milan» da’vogarlik qilmoqda.

«Lechche»ga qarshi o‘yindan so‘ng jurnalistlar futbolchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomasida klubdan transfer qilinish qiymati ko‘rsatilgan band bor-yo‘qligi haqida so‘rashdi. Kone qisqa qilib: «Ha», — deya javob berdi.

Shu bilan birga, yarim himoyachi «Sassuolo»dagi holatidan mamnun ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

«Men albatta shu ruhda davom etishni xohlayman. Klub va muxlislar bilan munosabatlarim a’lo darajada, biroq futbolda nima bo‘lishini hech qachon oldindan bila olmaysan. Shuning uchun hozirgi lahza bilan yashash kerak», — deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia nashri.

Kanadalik futbolchi «Marsel»dan o‘tganidan so‘ng A Seriyada yaxshi debyut mavsumini o‘tkazmoqda. U 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab «Sassuolo» yarim himoyachini 2,5 million yevroga ijaraga olgan edi, qishda esa uni 13 million yevroga to‘liq sotib olish huquqidan foydalandi.

Kiritildi: 16:56, 18.05.2026.
O'qildi: 467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик