«Bolonya» klubining chap qanot vingeri Jonatan Rou jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk nashri xabar tarqatmoqda.
Futbolchiga APLning top-klublari tomonidan jiddiy qiziqish bor. Xususan, Rouni o‘z safiga qo‘shib olishni «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari xohlamoqda. O‘z navbatida, «Bolonya» ham futbolchi uchun transfer narxini belgiladi.
Italiya klubi ingliz vingeri uchun 40 milliondan 45 million yevrogacha bo‘lgan miqdorda mablag‘ olmoqchi. Joriy mavsumda Jonatan Rou «Bolonya» safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda vinger «gol+pas» tizimida «8+4» (8 ta gol va 4 ta golli uzatma) natija qayd etdi.













