O‘zbekiston kubogining 2-turidan o‘rin olgan bahsda «Paxtakor» o‘z uyida «Surxon»ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv Termiz jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan «Paxtakor» faolroq harakat qildi. 6-daqiqada Jasurbek Bozorovning aniq zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 15-daqiqada esa Resanning chiroyli uzatmasidan keyin Flamarion darvozabonni aldab o‘tdi, ammo bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi.
20-daqiqada «Surxon» tezkor qarshi hujum uyushtirdi va Abdullajonov birga-bir vaziyatdan foydalanib hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi qismida «sherlar» hisobni tenglashtirishga urindi. Xususan, Saitovning jarimadan yo‘llagan zarbasini maydon egalari posboni qaytardi.
Ikkinchi bo‘limda ham «Paxtakor»da imkoniyatlar yetarli bo‘ldi. 56-daqiqada Saitovning uzatmasidan keyin Flamarion deyarli bo‘sh darvozaga gol ura olmadi. Keyingi daqiqalarda mehmonlar ko‘plab zarbalar yo‘llagan bo‘lsa-da, ular aniq chiqmadi.
74-daqiqada esa «Surxon» penalti ishlab oldi va Chinedu 11 metrli jarima zarbasini aniq bajarib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Qolgan vaqtda «Paxtakor» hisobni qisqartirishga urindi, ammo termizliklar g‘alabani saqlab qolishdi.
O‘zbekiston kubogi, 2-tur
18 may, yakshanba
«Surxon» — «Paxtakor» 2:0
Gollar: Abdullajonov 20, Chinedu 74-pen.













