Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Sterling 2024 yildan buyon gol ura olmayapti

Sterling 2024 yildan buyon gol ura olmayapti

Baho:
+ | -

Rahim Sterling «Feyenoord» klubiga transfer qilinganidan so‘ng hali birorta ham gol ura olmadi.

Yarim himoyachi londonliklarning «Chelsi» klubi bilan shartnomasini bekor qilgach, qishki transfer oynasida Rotterdam jamoasi safiga kelib qo‘shilgan edi. Niderlandiyada u shu kungacha 8 ta o‘yinda maydonga tushib, faqatgina 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Angliyalik futbolchi 2024 yilning sentyabr oyidan beri raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmayapti.

«Ba’zi vaziyatlarda uning omadi kelmadi. Ammo u juda qulay pozisiyalarga chiqib borgan holatlar ham bo‘ldi.

Shaxsan menga unga nisbatan bo‘layotgan bunday piching va kinoyali munosabat umuman yoqmayapti. Menimcha, bu vaziyatda unga hurmat ko‘rsatish to‘g‘riroq bo‘lardi. Uning atrofidagi bunday salbiy muhitdan ranjiyapman. U Angliyada 200 ta gol urgan, terma jamoa safida 82 ta xalqaro uchrashuvda maydonga tushgan. Uning o‘yini sizga yoqadimi yoki yo‘qmi — buning ahamiyati yo‘q. Biz futbol millati sifatida bunday holatlarga mana shunday munosabatda bo‘layotganimiz mutlaqo noto‘g‘ridir», — dedi «Feyenoord» bosh murabbiyi Robin van Persi.

Kiritildi: 22:17, 18.05.2026.
O'qildi: 257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик