Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Valverde Karvaxal bilan xayrlashdi

Valverde Karvaxal bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde ijtimoiy tarmoqlarda Daniel Karvaxal bilan xayrlashdi. Bugun madridliklar 34 yoshli himoyachi joriy mavsum yakunida klubni tark etishini e’lon qilishgan edi. Karvaxal — klub tarbiyalanuvchisi va jamoa sardori hisoblanadi.

«Dani, sening bu klubdagi tarixing xuddi ertakka o‘xshaydi. Bolalarning juda kami ulg‘ayganidan keyin ham o‘zlarini tarbiyalagan jamoaga bo‘lgan cheksiz muhabbat bilan, butun umr bir xil libosni fidokorona himoya qila oladi.

Men buni avval ham aytganman va doim shu fikrda qolaman: «Madrid»da bo‘lish — hammaga ham nasib etavermaydigan imtiyozdir» va sen bu imtiyozning eng ideal namunasisan. Akademiyadagi bolalar o‘rnak olishi kerak bo‘lgan namuna.

Uzoq vaqt davomidagi bu kurash, sadoqat va ehtiros. Futbolni bunday his qilish, libosga bo‘lgan bunday muhabbat… Shunday tuyg‘ular bor ekan, hech narsa noto‘g‘ri ketishi mumkin emas.

Bu abadiy xayrlashuv emas. Bu shunchaki «ko‘rishguncha», chunki do‘stlar klubdan tashqarida ham hamisha bo‘lganidek ko‘rishib turishadi. Bu xayrlashuv emas, chunki sen bu klubda ulkan meros, o‘chmas iz qoldirmoqdasan. Bu shunday ta’sir va muvaffaqiyatlarki, ulardan o‘zib ketish juda qiyin bo‘ladi.

Bu xayrlashuv emas, chunki sen «Real»ning eng buyuk tarixi bir qismiga aylanasan. Chunki mening farzandlarim va «Real»ning bo‘lajak muxlislari Dani Karvaxal kim bo‘lganini yaxshi bilishadi. Biz seni yaxshi ko‘ramiz», — deb yozdi Valverde.

Kiritildi: 22:20, 18.05.2026.
O'qildi: 326 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик