Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Anchelottining qarori Joao Pedroning «Barselona»ga transferini osonlashtirishi mumkin

Anchelottining qarori Joao Pedroning «Barselona»ga transferini osonlashtirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning braziliyalik hujumchisi Joao Pedro «Barselona» a’zosiga aylanishi mumkin. Avvalroq kataloniyaliklar moliyaviy jihatdan ancha foydaliroq bo‘lgani uchun Xulian Alvares o‘rniga Pedroni sotib olishga moyillik bildirayotgani xabar qilingan edi.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Pedroni JCH-2026ga chaqirmaslikka qaror qildi. Diario SPORT nashrining ta’kidlashicha, bu holat braziliyalikning «Barselona»ga o‘tishini osonlashtirishi mumkin.

«Chelsi» rahbariyati katta turnirdan so‘ng futbolchining narxi keskin ko‘tarilishiga umid qilgan edi, ammo endi vaziyat o‘zgardi. Joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:58, 19.05.2026.
O'qildi: 348 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик