Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Barselona» vingeri nima uchun JCH-2026dan quruq qolgani ma’lum bo‘ldi

«Barselona» vingeri nima uchun JCH-2026dan quruq qolgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Shvesiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter Jahon chempionatida ishtirok etishi kerak bo‘lgan 26 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatni taqdim etganiga bir hafta bo‘ldi. Ushbu ro‘yxatda «Barselona» vingeri Runi Bardagji yo‘q edi.

Aftonbladet nashrining xabar berishicha, 20 yoshli futbolchining tarkibdan chetda qolishiga nafaqat uning o‘yinidagi muammolar, balki terma jamoadagi xulq-atvori ham sabab bo‘lgan. Bardagji mart oyida terma jamoaga chaqirilgan edi, biroq maydonda biror daqiqa ham harakat qilmadi. Shundan so‘ng futbolchi murabbiylar shtabidan tushuntirish talab qildi. Unga bu qaror faqatgina futbolga oid sabablar bilan bog‘liqligi aytildi.

Keyinchalik, jamoaning Jahon chempionatiga yo‘llanma olganini nishonlash marosimida, sheriklari muvaffaqiyatni bayram qilayotgan bir paytda, futbolchi o‘z noroziligi va g‘azabini ochiqchasiga namoyish etdi. Shvesiyaliklar bosh murabbiyi Grem Potter bunday xulq-atvorni xudbinlik deb baholadi va bu illat futbolchining iste’dodidan ustun keladi degan qarorga keldi. Potter jamoa ichida maksimal darajada sog‘lom muhitni saqlab qolmoqchi va jamoaviy ruh uchun hatto kuchli futbolchilardan ham voz kechishga tayyor.

Bardagji o‘tgan yozda «Barselona»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, taxminan 900 daqiqa harakat qildi, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi Shvesiya terma jamoasi safida 3 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurgan.

Kiritildi: 16:23, 19.05.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик