Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Patrik Viyeyra «Arsenal» tarixi va bugunidan iborat ramziy jamoa tuzdi

Patrik Viyeyra «Arsenal» tarixi va bugunidan iborat ramziy jamoa tuzdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» klubining sobiq yarim himoyachisi Patrik Viyeyra 2003/04 yilgi mavsumdagi «Engilmas jamoa» (The Invincibles) va klubning hozirgi tarkibi futbolchilaridan iborat birlashgan ramziy jamoani tuzib chiqdi.

Fransiyalik sobiq futbolchi o‘z ramziy terma jamoasiga «Arsenal»ning hozirgi tarkibidan besh nafar o‘yinchini kiritdi.

«Menimcha, darvozada Lemannning o‘rniga Rayya bo‘ladi. Himoyaning o‘ng qanotida Timber — u menga juda yoqadi, tarkibga kira oladi deb o‘ylayman. Ture va Kempbell juftligidan birini almashtirgan bo‘lardim — Kempbellni qoldirib, Turening o‘rniga Gabrielni qo‘yaman.

Albatta, Eshli Koul — muhokamasiz, unga teginmaymiz. Saka o‘ng qanot yarim himoyasida Yungbergning o‘rnini egallashi mumkin. Hujumda Tyerri Anri va Dennis Bergkampga tegmaymiz. Jilbertoning o‘rniga Deklan Rays, chap qanotda esa Rober Pires qoladi.

Agar jamoaning bir necha yil oldingi holati va bugungi kunda qayerda turganligini eslasak, Arteta haqiqatan ham ajoyib ish olib bordi deb o‘ylayman.

Shuningdek, u juda ko‘p pul sarfladi. Arsen Vengerga keladigan bo‘lsak, aynan u meni va Tyerrini juda manfaatli shartlarda klubga olib kelgandi, shu sababli murabbiy sifatida Arsenni tanlayman», – dedi Viyeyra Sky Sports efirida.

Yakuniy tarkib (4-4-2): Rayya; Timber, Kempbell, Gabriel, Koul; Saka, Rays, Viyeyra, Pires; Anri, Bergkamp.

Murabbiy: Arsen Venger.

Kiritildi: 18:44, 19.05.2026.
O'qildi: 226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик