Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 1-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Santyago Kanisares: «Vinisiusning xulq-atvori «Real» sardoriga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi»

Santyago Kanisares: «Vinisiusning xulq-atvori «Real» sardoriga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Santyago Kanisares jamoaning yangi sardori haqida gapira turib, «Real Madrid» vingeri Vinisius Juniorni xulq-atvori uchun tanqid qildi.

Himoyachi Daniel Karvaxal mavsum yakunida «Madrid»ni tark etmoqda. Uning o‘rniga yarim himoyachi Federiko Valverde yangi sardorga aylanishi kutilyapti. Vinisius esa vise-sardorlardan biri bo‘lib qoladi.

«Valverde — haqiqiy professional, lekin u yetakchi (lider) emas. U boshqalarni ruhlantira oladigan yoki muammolarni hal qiladiganlar sirasidan emas.

Vinisiusning o‘zini tutishi esa «Real» sardori qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi tushunchaga mutlaqo ziddir. Sardor jiddiylik, yuqori klass va vazminlik namoyish etishi lozim, unda esa bu fazilatlar yo‘q.

Modrich, Kroos va Karvaxal borligida «Real» kiyinish xonasi butunlay boshqacha edi», — dedi «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Kanisares.

Kiritildi: 21:41, 19.05.2026.
O'qildi: 480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик