«Filadelfiya Siksers» klubida markaziy hujumchi pozisiyasida to‘p suruvchi mashhur basketbolchi Djoel Embiid Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumida muddatidan oldin chempion bo‘lganiga munosabat bildirdi.
«Bunga juda uzoq vaqt davomida intilib kelindi. «Arsenal» muxlisi ekanligimdan faxrlanaman», — deyiladi basketbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qoldirgan xabarida.
Angliya Premyer-ligasining yakuniy turi oldidan Mikel Arteta shogirdlari eng yaqin ta’qibchisini to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda. So‘nggi uchrashuvda «Arsenal»ga «Kristal Pelas» jamoasi raqiblik qiladi. 30 may kuni esa «kanonirlar» UYEFA Chempionlar Ligasi finalida «PSJ»ga qarshi maydonga tushishadi.













