Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Liverpul» qanday qilib «Bornmut» bilan «Oltin o‘yin» o‘tkazishi mumkin? Reglamentdagi qiziq jihat tahlili

«Liverpul» qanday qilib «Bornmut» bilan «Oltin o‘yin» o‘tkazishi mumkin? Reglamentdagi qiziq jihat tahlili

Baho:
+ | -

Angliyadan Chempionlar ligasining beshinchi yo‘llanmasi uchun ikki jamoa — «Liverpul» va «Bornmut» da’vogarlik qilmoqda. Mersisaydliklar ancha qulay vaziyatda — ular Yevropaning bosh klublar turniridagi ishtirokini 99 foizga ta’minlab bo‘lgan, deyish mumkin. Biroq shunday bir ssenariy borki, unga ko‘ra «Liverpul» Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun qo‘shimcha («Oltin») o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Joriy holatga nazar tashlaylik.

O‘rin Jamoa O‘ G‘ D M TG O‘G TN O
5 (ECHL) Liverpul 37 17 8 12 62 52 +10 59
6 (EL) Bornmut 37 13 17 7 57 53 +4 56

Angliyada ochkolar teng kelib qolgan taqdirda, jamoalarning umumiy to‘plar nisbati solishtiriladi. Agar u ham teng bo‘lsa, ko‘proq gol urgan jamoa yuqoriroq o‘rinni egallaydi. Ochkolar va gollar ko‘rsatkichi ham mutlaqo bir xil bo‘lib, o‘rtada juda muhim narsa (evrokuboklar yo‘llanmasi yoki ligada jon saqlab qolish) turgan bo‘lsa, jamoalar o‘zaro o‘yinlarga ko‘ra taqqoslanadi.

Va aynan shu yerda bir qiziq jihat bor — APLda o‘zaro o‘yinlar solishtirilganda, avval ochkolar, so‘ngra (agar zarur bo‘lsa) safarda urilgan gollar soniga qaraladi. Ya’ni, o‘zaro o‘yinlardagi to‘plar nisbati hisobga olinmaydi. Shu sababli, «Liverpul» va «Bornmut» o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda to‘liq tenglik mavjud — mersisaydliklar «Enfild»da 4:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, janubliklar «Vitaliti»da 3:2 hisobida ustun kelishgan.

Shu tariqa, agar jamoalar bir xil ochko jamg‘arib, gollar bo‘yicha ham mutlaqo bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lishsa, «Liverpul» va «Bornmut» Chempionlar ligasi chiptasi uchun qo‘shimcha o‘yinda maydonga tushadi. Bu holat «Liverpul» — «Brentford» va «Nottingem Forest» — «Bornmut» uchrashuvlari ma’lum bir hisoblar bilan yakunlansagina sodir bo‘lishi mumkin.

Misollar:

  • «Liverpul» — «Brentford» — 0:1, «Nottingem Forest» — «Bornmut» — 0:5;

  • «Liverpul» — «Brentford» — 1:2, «Nottingem Forest» — «Bornmut» — 1:6 va hokazo...

Bunday ssenariyning amalga oshish ehtimoli juda past, ammo nolga teng emas.

Kiritildi: 18:19, 20.05.2026.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик