Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso “Chelsi” tarkibini Madridning “Real” klubining ikki nafar futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi.
El Nacional nashrining xabar berishicha, London klubining yangi murabbiyi Arda Gyuler va Alvaro Karrerasni o‘z jamoasida ko‘rishdan manfaatdor.
Bunda futbolchilar bilan bog‘liq vaziyat turlicha rivojlanmoqda. Agar Alonso “Real”dan ketganidan keyin tarkibdagi joyini yo‘qotgan Karreras Londonga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor, Arda Gyuler esa Madrid klubini tark etishni istamaydi.
Turkiyalik yarim himoyachi aynan “Real”da muvaffaqiyatga erishishdan umidvor va “Chelsi” tomonidan qiziqish bo‘lishiga qaramay, hozircha jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti.
Shu bilan birga, Karreras avvalroq uning Madrid klubiga o‘tishini talab qilgan Alonso qo‘l ostida o‘ynashga xayrixohlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso “Real”dan ketganidan keyin rasman “Chelsi” bosh murabbiyiga aylandi. London klubi loyihaning yangi yetakchisi sifatida aynan ushbu mutaxassisiga ishonch bildirdi.
Avvalroq, Joze Mourinyo “qirollik klubi” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ekani xabar qilingandi. U allaqachon Madridning “Real” klubidagi asosiy muammolardan birini aniqlab ulgurgan va jamoa ichida zudlik bilan o‘zgarishlar qilishni talab qilgan.













