Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Luis de la Fuente: «Karvaxal ayni damda jahon chempionatida o‘ynashga tayyor emas»

Luis de la Fuente: «Karvaxal ayni damda jahon chempionatida o‘ynashga tayyor emas»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Real» klubida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan himoyachi Daniel Karvaxal haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avvalroq, 34 yoshli futbolchi terma jamoaning JCH-2026 uchun qaydnomasiga kiritilmasligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

«Dani — ajoyib sardor. U barchamiz uchun namunadir. Hozir u faoliyatidagi qiyin davrni boshdan kechirmoqda.

Men u ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini, maydonga tushib, o‘zining futbolchilik qobiliyati va salohiyatini namoyish etishini xohlardim.

Futbolchilarning jahon chempionatiga borishi yoki bormasligi haqida men hamisha adolatli qaror qabul qilaman.

Umid qilamanki, Dani yana o‘ynay boshlaydi, biroq ayni damda u jahon chempionatida maydonga tushishga tayyor emas. U yana futboldan zavq ola boshlashiga ishonaman. Insoniylik — hamma narsadan ustun», — dedi Luis de la Fuente.

Kiritildi: 07:38, 21.05.2026.
O'qildi: 314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик