Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Lebyof: «Nihoyat «Chelsi»da ularga qanday murabbiy kerakligini tushunishdi»

Lebyof: «Nihoyat «Chelsi»da ularga qanday murabbiy kerakligini tushunishdi»

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Frank Lebyof Xabi Alonsoning London klubi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu ajoyib yurish, men juda hayratdaman, lekin qanday kelishuv! Bu aynan bizga kerak bo‘lgan murabbiy va bundan tashqari, u nafaqat murabbiy, balki menedjer ham bo‘ladi. Umid qilamanki, u futbolchilarni sotib olish va maydondan tashqarida sodir bo‘layotgan barcha jarayonlar ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘ladi. U muvaffaqiyatga erishishiga ishonchim komil.

U «Bayer» Leverkuzen bilan nimalarga qodirligini ko‘rsatdi; «Real»da unda bunday nazorat yo‘q edi, lekin «Chelsi»da bunga ega bo‘ladi deb ishonishni xohlayman. Nihoyat, «Chelsi» direktorlar kengashi jamoani yaxshilash uchun qanday inson kerakligini tushunib yetdi. Shu boqis, men juda xursandman. Kengashni bu tanlov bilan tabriklayman, chunki men uchun bu ideal tanlov», — dedi Lebyof ESPN nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso «Chelsi» bilan 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Kiritildi: 15:15, 21.05.2026.
O'qildi: 281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик