"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer va “ko‘klar” himoyachisi Livay Koluill 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Har ikki futbolchi ham Angliya milliy futbol terma jamoasining mundial uchun qaydnomasiga kiritilmaydi. Bu haqda The Telegraph jurnalisti Mett Lou ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Joriy mavsumda Palmer barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchi jarohatlar sabab klub va terma jamoa safidagi 26 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Koluill esa 2025 yil yozidan 2026 yil apreligacha xochsimon bog‘lamlari uzilishi sabab tiklanish jarayonini boshdan kechirdi. Himoyachi barcha musobaqalarda atigi 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.













