Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Frenki de Yong: «Gvardiola davridagi «Barselona» haqida mif o‘ylab topishgan»

Frenki de Yong: «Gvardiola davridagi «Barselona» haqida mif o‘ylab topishgan»

Baho:
+3 | -

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong o‘zining o‘yin uslubi haqidagi tanqidlarga to‘xtalib o‘tdi. Niderlandiyalik futbolchining fikricha, uni to‘p bilan sekin harakat qilishda ayblaydigan odamlar ko‘pincha futbolni shunchaki tushunishmaydi.

«Odamlar Gvardiola davridagi «Barselona» faqat bir teginishda o‘ynagan degan mifni o‘ylab topishgan. Vaholanki, o‘sha jamoa ham faqat vaziyat taqozo etgandagina bir-ikki teginishda to‘p surgan. Agar siz to‘p bilan bo‘lsangiz-u, pas berishga hech kim bo‘lmasa, shu bilan birga sizni hech kim kutib olmayotgan bo‘lsa, to‘pni shunchaki uzatib yuborgandan ko‘ra, uni o‘zingizda saqlab turgan ma’qulroqdir. Bunday vaziyatda raqib himoyachisini o‘z pozisiyasidan chiqishga va zona ochishga majbur qilish uchun to‘p bilan oldinga harakatni davom ettirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Ko‘plab tanqidchilar futbolni juda yomon tushunishadi yoki ularning qarashlari menikidan juda farq qiladi, shu sababli mening darajam borasida yagona fikr yo‘q», – deya de Yongning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Barca Universal».

Ma’lumot uchun, Frenki «ko‘k-anorranglilar» safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Kiritildi: 09:00, 22.05.2026.
O'qildi: 496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик