Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Manuel Noyer jarohati sabab Germaniya Kubogi finalini o‘tkazib yuboradi

Manuel Noyer jarohati sabab Germaniya Kubogi finalini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

«Bavariya» golkiperi Manuel Noyer Germaniya Kubogi finali doirasidagi «Shtutgart»ga qarshi uchrashuvda o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 40 yoshli darvozabon mushaklaridagi jarohat tufayli bo‘lajak muhim bahsni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi. «Bavariya»ning boshlang‘ich tarkibida maydonga Yonas Urbig tushadi. Qayd etilishicha, Noyerning tiklanish jarayoni juda yaxshi ketmoqda, biroq tajribali posbon yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati oldidan sog‘lig‘ini tavakkal ostiga qo‘yishni istamayapti.

«Bavariya» va «Shtutgart» jamoalari o‘rtasidagi Germaniya Kubogining final uchrashuvi ertaga, 23 may — shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da yangraydi.

Kiritildi: 13:58, 22.05.2026.
O'qildi: 175 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик