Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Kongo terma jamoasi Ebola epidemiyasi sababli JCHdan chetlatilishi mumkin

Kongo terma jamoasi Ebola epidemiyasi sababli JCHdan chetlatilishi mumkin

Baho:
+ | -

Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi mamlakatda Ebola virusi tarqalgani sababli 2026-yilgi jahon chempionatidan chetlatilishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Oq uyning Jahon chempionati bo‘yicha ishchi guruhi ijrochi direktori Endryu Julianining so‘zlariga ko‘ra, Kongo terma jamoasi ayni paytda mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan va o‘rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirgan Belgiyada karantinga olinishi kerak. Aks holda, jamoaning turnirga mezbonlik qiluvchi mamlakatlarga kirishi taqiqlanishi mumkin.

“Biz Kongo tomoniga 11 iyun kuni Xyustonga yetib kelishidan oldin 21 kunlik karantindan o‘tishlari shartligini juda aniq tushuntirdik. Biz mamlakat hukumatini ogohlantirdik: jamoa karantinga kirishi shart, aks holda ular Qo‘shma Shtatlarga kelish imkoniyatidan mahrum bo‘lish xavfi ostida qoladi. Bundan ortiq va aniqroq aytib bo‘lmaydi. Biz AQSH hududiga yoki chegaralarimiz yaqiniga hech qanday xavf kirib kelmasligiga ishonch hosil qilishni xohlaymiz”, deydi Juliani.

Bundan oldin Kongo terma jamoasi mamlakatdagi Ebola epidemiyasi tufayli Kinshasadagi yig‘inlarini bekor qilgan va ularni Belgiyaga ko‘chirishga qaror qilgan edi. Jahon chempionatining guruh bosqichida jamoa O‘zbekiston, Portugaliya va Kolumbiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Kongo ikkita o‘yinni AQSHda, bittasini esa Meksikada o‘tkazishi lozim. Turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi va unga Kanada ham mezbonlik qiladi.

JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) 17 may kuni Kongo va Ugandadagi Ebola epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda holat deb e’lon qildi. Hozirda Kongoda 750 ga yaqin kishida kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, kamida 177 kishi vafot etgan. Ugandada esa bitta o‘lim holati ro‘yxatga olingan. Qayd etilishicha, u o‘limidan avval Kampalaga (Uganda poytaxti) kelgan va Kongo fuqarosi bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:49, 23.05.2026.
O'qildi: 636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик