Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Karrager Tuxelni JCH-2026 uchun tanlagan tarkibi uchun maqtadi

Karrager Tuxelni JCH-2026 uchun tanlagan tarkibi uchun maqtadi

Baho:
+ | -

«Liverpul» sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning Jahon chempionati-2026 uchun qaydnoma borasidagi qarorlarini qo‘llab-quvvatladi.

«Tuxelning futbolchilarning obro‘-e’tiboriga e’tibor bermayotgani menga yoqmoqda — Angliya terma jamoasida u mening murabbiyim bo‘lishini istardim. Terma jamoaning avvalgi murabbiylari Jahon chempionati uchun tarkib tanlashda mashhur nomlarning ko‘ngliga qarashga harakat qilishardi, ammo bu nemis mutaxassisi o‘z tanlovi bilan kimningdir noroziligiga sabab bo‘lishdan qo‘rqmaydi. Tomas Tuxel futbol assosiasiyasi juda muhtoj bo‘lgan murabbiy ekanini isbotladi.

Angliya terma jamoasidagi faoliyatim davomida va hozirgi ekspertlik rolimda murabbiylarimizga doim bir xil ta’na toshlari otilardi. Ko‘pchilik keldi va ketdi, ularni yulduzlarga yoqishga urinishda, tarkibni futbolchilarning nomiga qarab tanlashda va kimningdir ko‘nglini og‘ritib qo‘yishdan qo‘rqishda ayblashgan. Shuningdek, ular jamoa muvozanatini birinchi o‘ringa qo‘yishmasdi, chunki bu mashhur va iqtidorli o‘yinchilarning tashqarida qolishini anglatardi.

Ishonchim komil vaqtida terma jamoada murabbiylar, agentlar, yetakchi futbolchilar yoki jurnalistlar kabi juda ko‘pchilikning ovoziga quloq soladigan murabbiylar bo‘lgan va ularning barchasi ma’lum futbolchilarni chaqirmaslik oqibatlaridan ogohlantirishgan. Tuxel esa o‘z uslubida ishlamoqda. Uning qarorlariga qo‘shilmasligingiz mumkin, lekin uning uslubiga qoyil qolmay iloj yo‘q.

Biz Angliya terma jamoasini kuchli murabbiy boshqarishini xohlab turib, ayni paytda undan albatta bizning sevimli futbolchilarimizni tanlashini talab qila olmaymiz.

Tuxel tanlagan yo‘nalishni ko‘rib, darhol shu haqda o‘yladim: afsus, u 20 yil oldin terma jamoada mening murabbiyim bo‘lmagan ekan. Mening davrimda Angliya tarkibi odatda shunday shakllantirilardi: avval mamlakatdagi eng yaxshi deb hisoblangan iloji boricha ko‘p futbolchilarni yig‘ib olishardi, keyin esa ularning barchasini asosiy tarkibga qanday sig‘dirishni o‘ylashardi.

Ayniqsa, 2000 yillar boshidagi «oltin avlod» davrida va men o‘ynagan 2006 hamda 2010 yilgi Jahon chempionatlarida «to‘rtburchak qoziqlarni doira shaklidagi teshiklarga tiqishga» (mos kelmaydigan o‘yinchilarni birga o‘ynatishga) uringanimizga son-sanoqsiz misollar keltirish mumkin. 1966 yildan beri bir xil xatolarni takrorlab, boshqacha natija kutish bema’nilikdir.

Juma kuni e’lon qilingan 26 nafar futbolchi ro‘yxatining mantiqini shunday xulosalash mumkin: energiya va uyg‘unlik iqtidordan muhimroq. Tuxel futbolchilik mahoratidan tashqari, yaxshi xarakterga ega deb hisoblaganlarni tanladi. Oxir-oqibat, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik maydonda sodir bo‘ladigan voqealarga bog‘liq — eng muhimi o‘sha yerda hal bo‘ladi.

Tuxel o‘z tanlovini so‘nggi ikki yil davomida shakllantirgan jamoa haqidagi qarashlari asosida amalga oshirdi. Ushbu tarkib Angliyaga Jahon chempionatida g‘alabani kafolatlaydi deb hisoblaymanmi? Yo‘q, lekin men hozirgi Angliyaning boshqa tarkiblariga ham g‘alabani bashorat qilmagan bo‘lardim. Faqatgina yuqori darajadagi o‘yinlar seriyasi chempionlik kutish vaqti tez orada tugashiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.

Tuxel shuni tushunish uchun yetarlicha donoki, uning tarkibi chempionlik imkoniyatlarini oshirgan yoki kamaytirgani haqidagi eng to‘g‘ri xulosalar faqat turnirdan keyin chiqariladi», — deb yozdi Karrager.

Kiritildi: 15:00, 23.05.2026.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик