Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Enso Fernandes «Siti»ga o‘tishga tayyor

Enso Fernandes «Siti»ga o‘tishga tayyor

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska Xosep Gvardiola o‘rniga «Manchester Siti» ustozi bo‘lishi mumkin. Touchline nashri xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis «shaharliklar» boshqaruvini qo‘lga olsa, londonliklar yarim himoyachisi Enso Fernandesni jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi va murabbiy o‘rtasida allaqachon dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Fernandes Mareskaning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Argentinalik futbolchi ham ushbu o‘tishga tayyor, chunki u faoliyatini Chempionlar ligasida davom ettirish istagida.

Enso Fernandes «Chelsi» safiga 2023 yilda «Benfika»dan 121 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. Uning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «ko‘klar» libosida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga va 7 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 19:45, 23.05.2026.
O'qildi: 2215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик