Robert Levandovski «Barselona» libosidagi so‘nggi uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchi La Liganing 38-turidan o‘rin olgan «Valensiya»ga qarshi bahsning 61-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, polyak hujumchisi o‘z faoliyatida 2010/11 yilgi mavsumdan buyon ilk bor ichki chempionatni 17 tadan kam gol bilan yakunladi. O‘shanda Robert Dortmundning «Borussiya»sidagi debyut yilini o‘tkazayotgan edi va mavsum davomida 8 ta gol urgan.
37 yoshli futbolchi ushbu mavsum yakunlanganidan so‘ng «Barselona»ni tark etadi.













