Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Aleksandr Gleb: «Arsenal» bu mavsum chempionlikka haqli edi»

Aleksandr Gleb: «Arsenal» bu mavsum chempionlikka haqli edi»

Baho:
+ | -

«Barselona» va «Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb «kanonirlar»ning joriy mavsumdagi Angliya Premyer-ligasidagi zafarini yuqori baholadi.

Fonbet yutub-kanaliga bergan intervyusida Gleb London klubining yillar davomida to‘plagan tajribasi o‘z mevasini berganini ta’kidladi:

«So‘nggi 2-3 mavsum davomida «Arsenal» juda chiroyli va yuqori saviyali futbol namoyish etdi. Ularga doimo ozgina yetishmayotgan edi. Bu mavsumda esa «Arsenal» chempionlikka haqiqatdan ham haqli edi», — deya fikr bildirdi sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta shogirdlari Angliya chempionati yakuniga bir tur qolganidayoq oltin medallarini naqd qilib qo‘yishdi. «Arsenal» endi e’tiborini mavsumdagi yana bir nufuzli sovrin — Chempionlar ligasi finaliga qaratmoqda. 30 may kuni londonliklar bosh sovrin uchun Fransiyaning «PSJ» klubiga qarshi maydonga chiqishadi.

Kiritildi: 12:05, 24.05.2026.
O'qildi: 423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик