Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Romero Argentinadan Angliyaga qaytdi

Romero Argentinadan Angliyaga qaytdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Kristian Romero o‘z klubining APLdagi taqdirini hal qilishi mumkin bo‘lgan «Everton»ga qarshi o‘yinda jamoa bilan bo‘ladi. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda. Jarihat olgan futbolchi Argentinaga ketib qolganidan so‘ng keskin tanqidlar ostida qolgandi. Ayniqsa, «shporlar»ning sobiq murabbiyi Glenn Xoddl juda keskin fikr bildirib, o‘yinchi jamoani o‘ta muhim pallada tark etganini ta’kidlagan va bunday vaziyatda «uni shaxsan o‘zi aeroportga olib borib, boshqa qaytib kelmasligini so‘ragan bo‘lardim», deya bayonot bergan edi.

Dastlab Romero tizzasidagi jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirish va «Belgrano» — «River Pleyt» uchrashuvini tomosha qilish uchun Janubiy Amerikada bo‘lgandi. Biroq keyinroq o‘z qarorini o‘zgartirib, klub qarorgohiga qaytdi. Klubda himoyachining jamoada bo‘lishi Chempionshipga tushib ketish xavfi ostida turgan tarkibning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishidan umid qilishmoqda.

Kiritildi: 17:28, 24.05.2026.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик