Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Kasorla tarixiy rekordni yangilay olmadi

Kasorla tarixiy rekordni yangilay olmadi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining so‘nggi turida «Ovyedo» o‘z maydonida «Malyorka»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu natijadan so‘ng asturiyaliklar oliy ligani tark etishga majbur bo‘ldilar.

Ushbu o‘yin klub faxriysi Santi Kasorla uchun ham omadsiz yakunlandi. U Ispaniya oliy ligasining eng qadimiy rekordlaridan birini yangilash imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Agar Kasorla ushbu bahsda gol urganida, u Ispaniya chempionati tarixidagi eng keksa gol muallifiga aylanardi.

Hozircha bu rekord braziliyalik Donato Gama da Silvaga tegishli bo‘lib turibdi. U 2002/2003 yilgi mavsumda «Deportivo» safida 40 yosh, 4 oy va 17 kunlik paytida gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Santi Kasorla joriy mavsum yakuni bilan o‘z professional faoliyatini yakunlamoqda.

Kiritildi: 20:10, 24.05.2026.
O'qildi: 560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик