Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

Arteta: «Ular buni uzoq kutishdi»

Arteta: «Ular buni uzoq kutishdi»

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta chempionlikni nishonlash vaqtida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jamoa Angliya Premyer-ligasining so‘nggi tur doirasidagi «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yindan (2:1) so‘ng chempionlik kubogini qabul qilib oldi.

«Ular buni juda uzoq kutishdi. Yo‘limizda og‘ir damlar bo‘ldi. Bunday reaksiyani ko‘rganingda... Bu hammasiga arziydi. Hozir rohatlanish, murabbiylik burchini bir chetga surib, ular bilan birga quvonish vaqti», — deb keltiradi murabbiyning so‘zlarini Sky Sports.

«Biz o‘zimizdagi aqlbovar qilmas bog‘liqlikni, ajoyib fidoyilik va beqiyos jasoratni ko‘rsatdik. Atrofimizdagi barcha narsa bizni oldinga intilishga va buni amalga oshirishga undadi», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

«Arsenal» ushbu mavsumda 85 ochko jamg‘ardi. Ikkinchi o‘rinni 78 ochko bilan «Manchester Siti» band etdi.

Kiritildi: 00:06, 25.05.2026.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик