Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Antonio Konte Italiya terma jamoasi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Antonio Konte Italiya terma jamoasi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

«Napoli» bosh murabbiyi lavozimini tark etayotgan Antonio Konte Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi.

«Ayni damda men va Italiya federasiyasi o‘rtasida terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishimga oid hech qanday gap-so‘z yo‘q. Hozircha hech narsa yo‘q. Kelajakda ko‘ramiz.

Hatto federasiya prezidenti ham hozircha yo‘q... lekin bir narsani aytay. Italiya top-murabbiyni tayinlashga tayyormi?

Men Pep Gvardiola haqida o‘qidim. Agar ism aytadigan bo‘lsam, Pepni aytgan bo‘lardim. Lekin... buni amalga oshirish uchun ularda mablag‘ bormi? Bu haqda gapirishga hali juda erta. Hozircha menda hech qanday kelishuv yo‘q», — dedi Konte matbuot anjumanida.

56 yoshli Konte 2024 yildan buyon «Napoli»da ishlab kelayotgandi. Jamoa Italiya chempionatining 2025/26 yilgi mavsumida 38 ta o‘yindan so‘ng 76 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq mutaxassis «Tottenhem», «Inter», «Chelsi», «Yuventus», «Atalanta», «Siyena», «Bari», «Aresso» jamoalarini va (2014-2016 yillarda) Italiya terma jamoasini boshqargan.

Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi JCH-2026 ga chiqa olmadi. Milliy jamoa pley-off bosqichida Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan bahsda mag‘lub bo‘ldi (1:1, penaltilar seriyasida 1:4). Shundan so‘ng bosh murabbiy Jennaro Gattuzo iste’foga chiqarilgan edi.

Kiritildi: 08:49, 25.05.2026.
O'qildi: 492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик