«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares MLS doirasidagi «Filadelfiya Yunion»ga qarshi o‘yinda xet-trik muallifiga aylanib, jamoasining qahramoniga aylandi. O‘ta sermahsul kechgan bahs mezbonlarning 6:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
39 yoshli futbolchi uchrashuvning 28, 43 va 80-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Urugvaylik futbolchi uchun bu so‘nggi ikki yildan ortiq vaqt ichidagi ilk xet-trik bo‘ldi – u oxirgi marta 2024 yilning 5 mayida «Nyu-York Red Bullz» darvozasiga xuddi shuncha to‘p kiritgan edi.
Suaresning joriy mavsumdagi 11 ta uchrashuvda kiritgan gollari soni endilikda oltitaga yetdi. Yulduzli faxriyning «flamingolar» bilan amaldagi shartnomasi joriy yil oxirigacha mo‘ljallangan. «Inter Mayami» navbatdagi o‘yinini Jahon chempionatidan so‘ng – 23 iyul kuni o‘tkazadi.













