Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Runi «Manchester Siti» futbolchilariga tashkil etilgan «jonli yo‘lak»ni tanqid qildi

Runi «Manchester Siti» futbolchilariga tashkil etilgan «jonli yo‘lak»ni tanqid qildi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi «Manchester Siti» va «Aston Villa» klublarini keskin qoraladi. Klublar «shaharliklar» safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazayotgan Bernardu Silva va Jon Stounz almashtirilayotgan vaqtda, to‘g‘ri maydonning o‘zida ular uchun «faxriy qorovul» (jonli yo‘lak) tashkil qilishdi.

«Ular ehtiromga loyiq, ammo buni final hushtagidan keyin qilish kerak edi. Agar men «Villa» safida o‘ynayotganimda, bundan juda qattiq g‘azablangan bo‘lardim», — dedi «MYU» afsonasi BBC efirida chiqish qilar ekan.

Runining so‘zlarini Angliya terma jamoasining yana bir sobiq forvardi Alan Shirer ham qo‘llab-quvvatladi. Uning ta’kidlashicha, bunday marosimlarni o‘yin tugashiga yarim soat qolganda o‘tkazish mutlaqo noto‘g‘ri.

Kiritildi: 15:26, 25.05.2026.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик