Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Hakamni turtgan va haqorat qilgan «Kremoneze» futbolchisi 4 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Hakamni turtgan va haqorat qilgan «Kremoneze» futbolchisi 4 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

«Kremoneze» yarim himoyachisi Alberto Grassi Italiya chempionati 38-turidan o‘rin olgan «Komo»ga qarshi o‘yinda (1:4) hakamni haqorat qilgani va uni turtgani uchun to‘rtta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

A Seriya bayonotida aytilishicha, 31 yoshli italiyalik futbolchi xudoga til tekkazib haqorat qilgan (bu italyan tilidagi eng og‘ir so‘kinish hisoblanadi), bosh hakam Fabio Mareskaga tahdidli tarzda yaqinlashib, uni yengilgina turtgan.

Bundan tashqari, Grassining jamoadoshi Milan Jyurich rasmiy shaxslarni haqorat qilgani uchun ikkita o‘yinga, Devid Okereke esa bitta o‘yinga chetlatildi.

Alberto Grassi uchrashuvning 71-daqiqasida o‘z darvozasiga penalti belgilanganidan norozi bo‘lib, e’tiroz bildirgani uchun qizil kartochka olgan va maydondan chetlatilgan edi.

«Kremoneze» klubi 38 ta o‘yindan so‘ng 34 ochko jamg‘arib, Italiya chempionati turnir jadvalida 18-o‘rinni egalladi va Seriya B ga tushib ketdi.

Kiritildi: 11:00, 26.05.2026.
O'qildi: 411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик