Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Tuxel Angliya terma jamoasi tarkibi sababli o‘z vatanida tanqidlarga uchradi

Tuxel Angliya terma jamoasi tarkibi sababli o‘z vatanida tanqidlarga uchradi

Baho:
+ | -

Germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel tomonidan bo‘lajak Jahon chempionati uchun tanlangan Angliya terma jamoasi tarkibi uning vatanidagi ommaviy axborot vositalari tomonidan keskin tanqid qilindi. Germaniyaning yetakchi nashrlaridan biri Tuxelning qarorlarini «aqlsizlik» deb atadi.

Germaniyaning BILD gazetasi sport muharriri Xenning Fayndt seshanba kuni shunday deb yozdi:

«Tuxel aql bovar qilmas darajadagi iqtidorli o‘yinchilar — Koul Palmer, Fil Foden va Trent Aleksander-Arnoldni tarkibdan chiqarib tashlashga qaror qildi. Dunyoning eng qimmat 10 ta futbolchisidan 3 tasi ro‘yxatdan tashqarida qoldi».

Jurnalistning fikricha, bu qaror Yulian Nagelsmannning Germaniya terma jamoasidan Florian Virs va Joshua Kimmixni chiqarib yuborishi bilan barobardir. «Qisqacha aytganda, bu — aqlsizlik. Lekin shu bilan birga, bu juda qiziq», — deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, nashr agar Angliya ushbu turnirda g‘alaba qozona olmasa, Tuxel o‘z lavozimini yo‘qotishini ta’kidlagan.

Kiritildi: 15:47, 26.05.2026.
O'qildi: 1312 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик