“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Forbes talqiniga ko‘ra 25 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng boy sportchisi deb topildi. Norvegiyalik forvard oxirgi 12 oy ichida 80 million dollar ishlab topgan. Mazkur summaga uning klubdagi maoshi, reklama daromadlari hamda ommaviy tadbirlardagi ishtiroki uchun berilgan bonuslar kiritilgan.
Reytingning ikkinchi pog‘onasidan 69 million dollar daromad bilan basketbolchi Entoni Edvards joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 61,5 million dollar jamg‘argan tennis yulduzi Karlos Alkaras yakunlab berdi. “Real” futbolchisi Vinisius Junior esa (60 mln dollar) to‘rtinchi pog‘onani band etgan.
Forbes talqiniga ko‘ra 2026-yilning 25 yoshgacha bo‘lgan eng boy top-6 sportchisi ro‘yxati:
1. Erling Holand (futbol) — 80 mln dollar
2. Entoni Edvards (basketbol) — 69 mln dollar
3. Karlos Alkaras (tennis) — 61,5 mln dollar
4. Vinisius Junior (futbol) — 60 mln dollar
5. Keyd Kanningem (basketbol) — 58,6 mln dollar
6. Yannik Sinner (tennis) — 54,6 mln dollar
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliard dollar ishlab topgan tarixdagi ilk futbolchiga aylangani haqida xabar berilgan edi.













