Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Manchester Yunayted» yarim himoyani kuchaytirish uchun 115 million yevro ajratadi: Ro‘yxatda 8 nafar nomzod bor

«Manchester Yunayted» yarim himoyani kuchaytirish uchun 115 million yevro ajratadi: Ro‘yxatda 8 nafar nomzod bor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida tarkibni sezilarli darajada yangilashga kirishmoqda. «Qizil iblislar»ning asosiy maqsadi — yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish.

Jurnalist Samuel Lakxyorstning xabar berishicha, klub rahbariyati yangi xavbekni xarid qilish uchun 100 million funt sterlinggacha (taxminan 115 million yevrodan ortiq) mablag‘ sarflashga tayyor. Ayni damda klub seleksiya bo‘limi e’tiborida 8 nafar futbolchi bor:

  • Elliot Anderson («Nottingem Forest»)

  • Orelyen Tchuameni («Real» Madrid)

  • Sandro Tonali («Nyukasl»)

  • Mateush Fernandesh («Vest Xem»)

  • Karlos Baleba («Brayton»)

  • Adam Uorton («Kristal Pelas»)

  • Aleks Skott («Bornmut»)

  • Joao Gomes («Vulverxempton»)

Manchesterliklar boshqa pozisiyalarni ham kuchaytirishni rejalashtirgan, biroq ushbu yo‘nalishlarda katta xarajatlar kutilmayapti. Eslatib o‘tamiz, Maykl Karrik boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» Premyer-liganing yakunlangan mavsumini 3-o‘rinda yakunladi.

Kiritildi: 10:27, 27.05.2026.
O'qildi: 2566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик