L’Équipe xabariga ko‘ra, «Kristal Pelas»ning 19 yoshli himoyachisi Jeyde Kanvo «Barselona» e’tiboriga tushgan.
«PSJ» ham «eng yaxshi yosh fransuz futbolchilarini jalb qilish» loyihasi doirasida o‘yinchini kuzatib bormoqda.
Hozircha «Kristal Pelas»ga Kanvo bo‘yicha taklif tushmagan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Futbolchi yakunlangan APL mavsumida 20 ta o‘yinda maydonga tushgan.













