O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan «Guliston» - «Buxoro» (4:1) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bu o‘yin haqida qanday fikr bildirishim mumkin? «Guliston» jamoasini munosib g‘alaba va keyingi bosqichga chiqqanligi bilan tabriklayman. Raqib g‘alaba qozonishni xohlashdi va bunga erishdi.
«Guliston» futbolni liboslardagi familyalar o‘ynamasligini amalda isbotladi. Har bir o‘yinda o‘zini ko‘rsatish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yishdi. Ochig‘i, ularning ko‘rsatgan o‘yinidan faxrlandim. Ularga keyingi bosqichga omad tilayman», — dedi Xomyakov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.













