Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» prezidenti Lukakuning «Napoli»dagi muammolariga to‘xtaldi

«Inter» prezidenti Lukakuning «Napoli»dagi muammolariga to‘xtaldi

Baho:
+ | -

«Inter» prezidenti Juzeppe Marotta Romelu Lukakuning «Napoli»dagi vaziyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bahorda hujumchi o‘z klubi bilan mojaroga kirishgan edi: u terma jamoalar o‘yinidagi tanaffusdan so‘ng Belgiyadan qaytishdan bosh tortib, jahon chempionati oldidan tezroq formaga kirish uchun individual dastur asosida tiklanishni lozim topdi. «Napoli» futbolchiga bunday ruxsat bermagan edi, shu sababli unga nisbatan mashg‘ulotlardan vaqtincha chetlatish va jarima kabi intizomiy choralar qo‘llanildi. Keyinchalik hujumchi jamoaga qaytdi va uzr so‘radi.

«Lukakuning bunday ahvolga tushib qolgani achinarli, ammo biz uning qanday inson ekanini yaxshi bilamiz. Bu uning xarakteri, tabiati shunaqa. U bizga [«Inter»ga] qaytishini va’da qilgan edi, lekin buni bajarmadi», — dedi Marotta DAZN bilan suhbatda.

Doimiy jarohatlar sababli Romelu Lukaku o‘tgan mavsumda atigi yettita o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 08:38, 28.05.2026.
O'qildi: 155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик