Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich «Milan» jamoasini tark etmoqda. Bunga «rossonerilar»ning keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagani sabab bo‘ldi.
Tuttosport xabariga ko‘ra, Madridning «Real» klubi Modrichni qaytarishni rejalashtirmoqda, biroq futbolchi sifatida emas. Xorvatiyalik yulduzga jamoaning yangi murabbiylar shtabida lavozim yoki klubda ma’muriy ish taklif qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Modrich 2012 yildan 2025 yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsumda u Italiya chempionatida «Milan» safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













