Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Londonning «Arsenal» jamoasining xavfli quroli bo‘lmish burchak zarbalari xususida o‘z fikrlarini bildirdi. Niderlandiyalik mutaxassisning fikricha, agar burchak zarbalari bo‘lmaganida, «kanonirlar» Angliya chempioni bo‘la olmasdi.
«Arsenal» Premyer-ligada aynan burchak zarbalari evaziga g‘olib chiqdi. Agar burchak zarbalari bo‘lmaganida, ular chempionatni yutisha olmasdi», — deya Kumanning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni bo‘ldi. 2025/2026 yilgi mavsum davomida «kanonirlar» burchak zarbalaridan so‘ng ko‘plab gollar urishdi. Ushbu gollarning ba’zilari bahsli vaziyatlarni keltirib chiqardi, chunki londonliklar darvozabonlarni jarima maydonchasida bloklashga harakat qilishgan.













