Tibbiy ko‘rik natijalari «Santos»ning 34 yoshli hujumchisi jarohati avval aytilganidan ko‘ra jiddiyroq ekanligini tasdiqladi. Jahon chempionati-2026 uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirilgan futbolchi mashg‘ulot paytida boldir mushagini shikastlab olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u 5-10 kunni o‘tkazib yuborishi taxmin qilingan edi.
Ge Globo nashrining xabar berishicha, payshanba kuni kechqurun futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun terma jamoa qarorgohini tark etgan. Klinikada unga milliy jamoa shifokorlari va mutaxassislari hamrohlik qilishgan.
Terma jamoa tibbiyot bo‘limi rahbari Rodrigo Lasmar Neymarning holatidan xavotirda ekanini bildirgan, shu sababli jamoa mashg‘ulot markazida tushkun kayfiyat hukm surmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, «Santos» klubi va terma jamoa o‘rtasidagi muloqotda anglashilmovchilik yuzaga kelgan. Klub tomonidan yuborilgan hujjatda jarohat Neymarning mashg‘ulotlarda ishtirok etishiga xalaqit bermasligi qayd etilgan edi. Biroq aslida jarohat oddiy shish bo‘lmay, futbolchining holatini doimiy kuzatib borish talab etiladi.
Shu sababli, futbolchining 1 iyun kuni Panamaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashishi imkoniyati juda past baholanmoqda













