«Barselona» yarim himoyachisi Pedri o‘z kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men «Barselona»ni hech qachon boshqa klubga alishtirmayman. Kimni xohlasam eshitishim mumkin, lekin men uchun «Barselona» — dunyoning eng yaxshi klubi. Bu jamoada o‘ynash mening bolalikdagi orzuim edi va hozir ketmoqchi emasman», — deya Pedrining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Barca Universal.
Pedri 2019 yilda «Las-Palmas»dan 23 million yevro evaziga «Barselona»ga o‘tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













